Markaziy bank boshqaruvi tarkibiga o‘zgartirish kiritildi

Jamiyat

image

Kecha, 24 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senati Kengashining majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq Markaziy bank boshqaruvi tarkibiga kiritilgan o‘zgarishlarni tasdiqladi. Bu haq

Oliy Majlis Senati Kengashi qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ijro apparati rahbari Olimjon Ernazarov va Kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamenti direktori Abrorxo‘ja Turdialiyev O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tarkibidan chiqarildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshidagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi direktori vazifasini bajaruvchi, iiqtisodiyot fanlari doktori, professor Adham Bekmurodov va Toshkent shahridagi Vestminster universitetining Amaliy iqtisod bo‘yicha magistratura kursi rahbari, falsafa doktori (PhD) Ziyodullo Parpiyev O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining mustaqil a’zolari etib tasdiqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank

Baholaganlar

54

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing