Markaziy bank asosiy stavkani yana o‘zgarishsiz qoldirdi
Jamiyat
−
29 iyul 2021
2175Bugun, 29 iyul kuni O‘zbekiston Markaziy banki Boshqaruvining oraliq yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Shu bilan birga, Markaziy bank foiz koridori ±2 foiz bandga kengaytirildi hamda pul-kredit instrumentlari to‘plamiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi.
Bunga iqtisodiy faollik va yalpi talabning kutilganidan ko‘ra tezroq sur’atlarda o‘sishini, iqtisodiyotga yo‘naltirilayotgan moliyaviy resurslar hajmining sezilarli darajada oshganligi, inflyatsion kutilmalarning yuqoriligi va oziq-ovqat mahsulotlari taklifi bilan bog‘liq inflyatsion xatarlar sabab bo‘ldi.
LiveBarchasi