Markaziy bank asosiy stavkani pasaytirdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 21 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Unda asosiy stavkani 1 foiz bandga pasaytirib, yillik 15 foiz darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 iyun kuni o‘tkazilgan MB Boshqaruvining oraliq yig‘ilishida asosiy stavkani 1 foiz bandga pasaytirib, yillik 16 foiz darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Markaziy bank joriy yilning 17 mart kuni asosiy stavkani 17 foiz etib belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilgandi. Bungacha 2020 yil 10 sentyabrdan beri asosiy stavka 14 foizlik darajada o‘zgarmay kelayotgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank

Baholaganlar

322

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing