Markaziy bank 21 ta tijorat bankiga nisbatan chora ko‘rdi
Jamiyat
−
17 noyabr 2023
7762O‘zbekistondagi tijorat banklarining joylardagi filiallarida nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, tijorat banklarining joylardagi muassasalaridagi o‘rganishlar natijasida banklar tomonidan taklif etilayotgan kredit va omonatlar haqidagi axborotlar iste’molchilarga qonunchilikda belgilangan tartibda oshkor qilinishi hamda bank kartalari orqali xizmatlar ko‘rsatilishi to‘liq yo‘lga qo‘yilmagani aniqlangan.
Mavjud kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun 16 ta tijorat bankidan jarimalar undirilgan hamda 5 ta tijorat bankiga ogohlantirish berilgan.
"Iste’molchilar bank xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha oqilona qarorga kelishlari uchun tijorat banklaridan iste’molchilarga bank xizmatlari haqidagi ma’lumotlarni to‘liq oshkor qilishi va ularning shartlarini batafsil tushuntirishi lozimligi bildiriladi", deyiladi bu haqdagi xabarda.