Mariya Zaxarova qidiruvga berildi

Olam

image

Ukraina xavfsizlik xizmati Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarovani qidiruvga berdi. Bu haqdagi ma’lumot bugun, 10 oktyabr kuni Ukraina Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlar bazasida paydo bo‘ldi. 

Ukraina Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda bo‘lgan shaxslar ma’lumotlar bazasi saytida Zaxarovaning portreti joylashtirildi. Qo‘shimcha matnda u “qidiruvda” ekani va u Ukraina Jinoyat kodeksining 110-moddasi 3-qismi bilan ayblanayotgani aytiladi. Ushbu moddada hokimiyat vakili bo‘lgan shaxs tomonidan sodir etilgan va og‘ir oqibatlarga olib kelgan "Ukrainaning hududiy yaxlitligi va daxlsizligiga tajovuz" haqida so‘z boradi. 

E’londa aytilishicha, Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) Rossiya TIV vakilini qidiruvga bergan. Saytda ma’lumotlarni joylashtirish sanasi sifatida 2022 yil 10 oktyabr ko‘rsatilgan.  

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning aytishicha, bu Ukraina Xavfsizlik xizmati ish uslublari tobora ISHID va “Al-Qoida” harakatlarini eslatmoqda.  

“UXX usullari tobora ISHID va "Al-Qoida"ni eslatmoqda. Buning ajablanarli joyi yo‘q – bu tuzilmalar paydo bo‘lishining asosiy sabablari bir xil”, deb yozdi u Telegram-kanalida. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Ichki ishlar vazirligi saytida UXX Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Medvedevni qidiruvga bergani haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Mariya Zaxarova

Baholaganlar

355

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing