Mariya Kolesnikova Ukraina chegarasida hibsga olindi

Olam

image

Kecha, 7 sentyabr kuni Belarus Muxolifati Muvofiqlashtirish kengashi Rayosati a’zosi Mariya Kolesnikova Minsk markazida g‘oyib bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Mariya Kolesnikova topildi. U Ukraina chegarasida hibsga olingani ma’lum qilinmoqda. Belarus davlat chegara xizmati Mariya Kolesnikovaning hibsga olinganligini tasdiqlagan.  

BELTA nashrining yozishicha, Kolesnikova Belarusni noqonuniy ravishda tark etishga uringan. Uning hamkasblari - Muvofiqlashtirish kengashining Matbuot kotibi Anton Rodnenkov va Kengash a’zosi Ivan Kravsov tunda chegarani muvaffaqiyatli kesib o‘tgan. Ayni paytda ular Ukrainada. 

“Euronews”ning yozishicha, Mariya Kolesnikova Ukraina chegarasini kesib o‘tmagan, chunki u Belarusdan majburan olib chiqilmoqchi bo‘lganida, pasportini yirtib tashlagan.  

 Ukraina Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Anton Gerashchenkoga ko‘ra, ikki muxolifatchi Rodnenkov va Kravsovning mamlakatdan chiqib ketishi ixtiyoriy bo‘lmagan.

“Rodnenkov va Kravsov Aleksandrovka nazorat-o‘tkazish punkti orqali chegarani kesib o‘tdilar”, deydi vazir o‘rinbosari. 

Eslatib o‘tamiz, kecha soat 10:05 da oddiy kiyingan niqobli erkaklar Kolesnikovani Milliy san’at muzeyida hibsga olib, mikroavtobusda noma’lum tomonga olib ketgani aytilgan edi. Shundan keyin Kengashning boshqa a’olari Anton Rodnenkov va Ivan Kravsov ham g‘oyib bo‘lgan. Rasmiy Minsk ularning qayerda ekani bilan bog‘liq savollarga yelka qisib kelayotgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Mariya Kolesnikova

Baholaganlar

244

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing