“Marixuana”lar zanjiri fosh etildi
Jamiyat
−
07 aprel 2019
7982Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda giyohvand moddalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazdi.
Tadbir davomida, “Qashqadaryo–Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan fuqaro A.U. boshqaruvidagi “Neksiya 2” rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirildi. Natijada, avtomashinada fuqaro M.B. tomonidan 2 dona gugurt qutisida olib ketilayotgan og‘irligi 4,96 gramm bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.
Shuningdek, fuqaro M.B.ning ko‘rsatmasiga binoan Qashqadaryo viloyatida fuqaro J.Sh.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, o‘tinxona shiftidagi karnay ichida va ko‘rpa-to‘shaklar orasidagi tamaki qutisi ichiga gugurt qutilarida yashirilgan, og‘irligi jami 2,4 gramm bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ashyoviy dalil sifatida yuqoridagi holatlar yuzasidan olingan giyohvandlik vositalari “marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi rasman tasdiqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi