Marg‘ilonda yosh bolalarni kaltaklagan “tarbiyachi” jazolandi (video)
3-sahifa
−
21 noyabr 2023
8183Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi 37-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida xodim yosh bolalarni kaltaklangani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holatga viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.
O‘rganish jarayonida mazkur voqea bo‘yicha muassasa rahbariyati tomonidan huquq-tartibot idoralariga murojaat qilingan.
Shu yilning 3 avgust kuni Marg‘ilon shahar IIB tomonidan ta’lim tashkiloti tarbiyachilari – X.T. va M.R.ga nisbatan to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Marg‘ilon shahar sudiga yuborilgani ma’lum bo‘lgan.
Sud fuqaro X.T.ga nisbatan qo‘llanilgan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasi 2-qismiga oid qismini mazkur kodeksning 271-moddasi 1-qismiga asosan tugatgan.
“Huquqbuzar M.R. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan jarima jazosi tayinlanganini bildiramiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi 217-maktab direktori 8-sinf o‘quvchisini xonasida kaltaklagandi. Direktor o‘quvchini urayotgan vaqtda inspektor voqeaga tomoshabin bo‘lib o‘tirgani ham ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
LiveBarchasi