Marg‘ilonda tabiiy gaz yetkazib berishni va’da qilgan gaz korxonasi xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Jamiyat
−
07 dekabr 2019
8063“Hududgaz Farg‘ona” MCHJ Marg‘ilon shahar filiali uy ichi xizmat chilangari B.M. 2015 yil aprel oyida tabiiy gaz tarmog‘idan uzilib, suyultirilgan gaz yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan “Go‘ravval” mahallasida yashovchi aholiga tabiiy gaz yetkazib berilishi haqida va’da beradi, deb xabar bermoqda Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati.
Aholini ishontirish uchun 17 nafar fuqarolarga korxona rahbarining imzolarini qalbakilashtirib qo‘yilgan soxta tabiiy gaz yetkazib berish shartnomasini taqdim qilgan va 1 mln. 561,8 ming so‘m naqd pul mablag‘larini yig‘ib olgan. Shuningdek, u mazkur hududda yashovchi 38 nafar maishiy iste’molchilarga noqonuniy ravishda gaz hisoblagichsiz tabiiy gaz yetkazib berib, davlat manfaatlariga 16 mln. 755,8 ming so‘mlik moddiy zarar yetkazgan.
Viloyat IIB ekspert-kriminalistika bo‘limining 29.11.2019 yildagi 402 sonli xulosasida, maishiy iste’molchilar uchun tabiiy gaz yetkazib berish shartnomasidagi imzolar qalbakilashtirilganligi ko‘rsatilgan.
To‘plangan hujjatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi JKning 228 moddasi 1 qismi va 3 qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda Marg‘ilon shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov olib borilmoqda.
LiveBarchasi