Marg‘ilonda fuqaro eski adovat ortidan boshqa bir kishiga suiqasd qildi (video)

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatida eski adovat ortidan fuqaro boshqa bir kishiga tan jarohati yetkazdi. Bu haqda kecha, 22 may kuni Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 21 may kuni Marg‘ilon shahrida yashovchi 2006 yilda tug‘ilgan fuqaro S.T. 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro A.A.ni o‘tkir tig‘li jism bilan o‘ng orqa va yuz sohasiga urgan va hayot uchun xavfli bo‘lgan tan jarohati yetkazgan. Fuqaro A.A. hodisa joyidan qochib ketishi natijasida, S.T. jinoiy harakatlarini oxiriga yetkaza olmagan. Jinoyatchi hodisa joyidan noma’lum tomonga yashiringan.

Shifokorlar tomonidan o‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalar natijasida A.A.ning hayoti saqlanib qolingan.

“Hozirda shahar prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25- moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish), 97- moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi S.T. Jinoyat Protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xorazm viloyati Shovot tumanida yashovchi erkak xotinini sehr-jodu bilan shug‘ullanishda ayblab, bolta bilan urib o‘ldirgandi. Unga nisbatan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona suiqasd

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing