Maradonaning o‘limida ayblanayotganlar 25 yilga qamalishi mumkin

Sport

image

Argentina futboli afsonasi Diyego Armando Maradonaning o‘limida ayblanayotganlarni 25 yillik qamoq jazosi kutmoqda. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ekspertlar tomonidan 2020 yil noyabrida 60 yoshida vafot etgan futbol bo‘yicha jahon chempioni, Argentina futboli afsonasi Diyego Armando Maradonaning o‘limida shifokorlarning aybi borligi aytilmoqda. Shuningdek, shifokorlar tomonidan yetarli darajada tibbiy yordam ko‘rsatilmagan va mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yilgan, deya xulosa chiqarilgan. Xattoki, sobiq futbolchining yashab qolish ehtimoli yuqori bo‘lgan, degan gumonlar ham bor. 

Agar shifokorlar aybdor deb topilsa, ularga 25 yillik qamoq jazosi tayinlanadi. Ayblanuvchilar orasida 44 yoshli neyroxirurg Leopoldo Lusiano Luke va 36 yoshli psixiatr Augustina Kosachov kabilarning nomi keltirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Maradona 2020 yil 25 noyabrda 60 yoshida vafot etgan. O‘limidan avval u miyadagi trombni olib tashlash bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazgan. Shuningdek, Maradona ichkilik va giyohvandlikka qarshi davolanayotgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Diego Armando Maradona Argentina futboli afsonasi 25 yillik qamoq jazosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing