Maradonaning miyasi operatsiya qilindi
Sport
−
04 noyabr 2020 8228 1 daqiqa
Argentina terma jamoasi tarkibida futbol bo‘yicha ikki karra jahon chempioni bo‘lgan afsonaviy futbolchi Diyego Maradonaning miyasi operatsiya qilindi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marsio ma’lumot bergan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Maradonaning miyasida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlangan.
“1,5 soatlik jarrohlik amaliyotidan so‘ng biz Diyegoning muammosini hal qildik. Hammasi yaxshi o‘tdi, endi u kuzatuv ostida bo‘ladi. Maradona tez kunlarda o‘zini tiklay oladi”, degan futbolchining shifokori Leopold Luke.
Eslatib o‘tamiz, Maradona 2 noyabr kuni shifoxonaga yotqizilgan edi.
Afsonaviy futbolchi hozirda Argentinaning “Ximnasiya” futbol klubi bosh murabbiyi hisoblanadi.
Live
Barchasi