Maradonani yana haydashdi
Sport
−
06 aprel 2019 6910 1 daqiqa
Meksikaning “Dorados” klubida bosh murabbiy sifatida ishlayotgan Diyego Maradona iste’foga chiqishini ma’lum qildi.
“Vazifalarimni yakunlaganimdan keyin “Dorados”ni tark etaman. Bu juda achinarli, biroq bu mening qarorim. Nima uchun hakamlar bizning jamoaga e’tibor berishadi? Chunki bu klubda men ishlayman”, deb aytib o‘tgan argentinalik futbol afsonasi.
“Dorados” ayni damda Meksika chempionati turnir jadvalining 3 pog‘onasini egallab turibdi. Maradona 2018 yilning sentyabrida ushbu jamoa boshqaruvini o‘z qo‘liga olgandi.
Live
Barchasi