Marhuma jurnalistning singlisi Shavkat Mirziyoyev va uning qiziga murojaat qildi (video)

Jamiyat

image

2023 yilda vafot etgan “Dunyo bo‘ylab” telekanalining 31 yoshli boshlovchisi Ramina Yagafarovaning singlisi Diana Irtuganova Prezident Shavkat Mirziyoyev va uning yordamchisi Saida Mirziyoyevaga murojaat qildi.

U Prezident va Prezident yordamchisidan opasining o‘limi bo‘yicha tergovga aralashishlarini so‘ragan. Diana Irtuganovaning so‘zlariga ko‘ra, jinoyat ishi qo‘zg‘atilganiga qaramay, tergov cho‘zilib bormoqda va o‘tkazilgan ekspertizalar “Doktor-Servis” klinikasi shifokorlarining aybi borligini tasdiqlagan. U klinika egasi sobiq futbolchi Server Jeparov ekani va u o‘z aloqalaridan foydalanib tergovga ta’sir o‘tkazishi mumkinligini ta’kidlagan.

Shu bilan birga, marhuma jurnalistning singlisi qonunlar nega oddiy fuqarolarni himoya qilmayotganidan hayratda ekanini aytib, aybdorlarni javobgarlikka tortish borasida yordam so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 12 sentyabr kuni kechqurun marhum Ramina Yagafarova Chilonzor tumanidagi xususiy klinikada davolanayotgan onasining dorisidan bir dona ichgan, oradan 10-15 daqiqa o‘tib esa unda tutqanoq kuzatilgan va hushini yo‘qotgan. Klinika shifokorlari tomonidan unga birinchi yordam ko‘rsatilgan va boshlovchi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Biroq 13 sentyabr kuni Yagafarovada yana tutqanoq kuzatilib, unda biologik o‘lim qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Saida Mirziyoeva Ramina Yagafarova Diana Irtuganova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing