Marhum “Qora pantera”ning nomzodi “Oskar”ga qo‘yiladi
Madaniyat-san’at
−
24 Oktabr 2020
6869"Qora pantera" filmida rol o‘ynagan Chedvik Bouzman o‘limidan so‘ng “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘ladi. U "Ma Reyni: blyuz onasi" filmidagi roli uchun nomzod qilib ko‘rsatilishi rejalashtirilgan. Bu haqda “Mir 24” yozmoqda.
Aktyor “42”, “Jeyms Braun: yuqoriga yo‘l”, “Marshall” kabi filmlarda suratga tushgan. Ammo u Marvel kompaniyasining superqahramoni Qora pantera roli bilan tanilgan.
"Ma Reyni: blyuz onasi" filmida Bouzman bilan bosh rolni ijro etgan Viola Devis ham “Oskar”ning “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasiga nomzod bo‘lishi kutilmoqda. U 2017 yilda ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa nomzodi uchun “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Ushbu film ikkitadan ortiq qora tanli aktyorlar nomzodi “Oskar”ga qo‘yilgan ikkinchi film bo‘ladi. Birinchisi 1985 yilda suratga olingan "Binafsha maydonlarining tusi" filmi uchun berilgan.
O‘limdan keyin faqat ikki nafar aktyor “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan: Piter Finch 1996 yilda “Tarmoq” filmida o‘ynagan roli uchun va Xit Ledjer esa 2008 yilda “Qora ritsar” filmidagi Joker roli uchun.
Ma’lumot o‘rnida, navbatdagi “Oskar” mukofotining taqdimoti 2021 yilning 25 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, amerikalik aktyor Chedvik Bouzman 43 yoshida saraton kasalligidan vafot etgan edi.
LiveBarchasi