Manzil koloniyasidagi mahkumning “yaxshi yashashi” uchun pul talab qilgan shaxs ushlandi

Jamiyat

image

Toshkent viloyatida mahkumni og‘ir mehnatga jalb qilmasligini aytib, evaziga pul talab qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda aniqlanishicha, O.Z. ismli fuqaro D.M. (ayol)ning ukasi Yo.S. manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotganidan xabar topib, o‘zini Qibray tumanidagi g‘isht ishlab chiqarish zavodi ish boshqaruvchisi deb tanishtirgan. 

Shundan so‘ng D.M.ga ukasini o‘ziga biriktirilganini aytib, Yo.S.ni og‘ir mehnatga jalb qilmaslik va yengil sharoit yaratib berish evaziga 8 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

pora Toshkent viloyati Qibray

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing