Manuel Noyer Bundesligada yangi rekord o‘rnatdi

Sport

image

Myunxenning “Bavariya” klubi darvozaboni Manuel Noyer Germaniya chempionatida yangi rekord o‘rnatdi. U “ Alyans Arena”da o‘tkazilgan so‘nggi tur o‘yinida o‘zining Bundesligadagi 363-g‘alabasini qo‘lga kiritdi va musobaqa tarixidagi eng ko‘p g‘alaba qozongan futbolchiga aylandi. Bu haqda “Bild” nashri xabar berdi.

2011 yilda “Shalke”dan 30 million yevro evaziga “Bavariya”ga qo‘shilgan Noyer bu natija bilan sobiq jamoadoshi Tomas Myuller rekordini yangiladi. Myuller Bundesligada 503 ta o‘yinda 362 g‘alaba qayd etgan edi. Noyer esa 530 ta o‘yinda 363 g‘alaba bilan Myullerni natijasini yaxshiladi.

Ushbu ro‘yxatda undan keyingi o‘rinlarda Oliver Kan (310), Manfred Kals (291), Robert Levandovskiy (274), Mats Xummels (268), Filipp Lam (250), Lotar Matteus (249) va Zepp Mayer (249) kabi afsonalar joy olgan.

Rekord o‘rnatilgan o‘yinda Noyer ayniqsa Harri Keynning birinchi golidan so‘ng hayajonini yashira olmadi. U tribunadagi oila va do‘stlari tomon mushtini ko‘tardi. Tribunada Noyerning rafiqasi Anika, onasi Marita va 19 oylik o‘g‘li Luka ham bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, “Bavariya” darvozabonining jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozida yakunlanadi. Germaniya nashrlarining yozishicha, klub rahbariyati va muxlislar Noyerni kamida yana bir mavsum saqlab qolish tarafdori.


Maqola muallifi

Teglar

Bundesliga Manuel' Noyer Tomas Myuller

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing