Mansabdorlarning noto‘g‘ri davlat statistika hisobotlarini taqdim qilishi bo‘yicha javobgarlik kuchaytiriladi
Jamiyat
−
16 aprel 2019
7728Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi joylashtirildi.
Mazkur qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 y., 3-son; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 y., 9-son, 193-modda, 12-son, 269-modda; 1996 y., 5-6-son, 69-modda, 9-son, 144-modda; 1997 y., 2-son, 56-modda, 4-5-son, 126-modda, 9-son, 241-modda; 1998 y., 3-son, 38-modda, 5-6-son, 102-modda, 9-son, 181-modda; 1999 y., 1-son, 20-modda, 5-son, 124-modda, 9-son, 229-modda; 2000 y., 5-6-son, 153-modda, 7-8-son, 217-modda; 2001 y., 1-2-son, 23-modda, 9-10-son, 165, 182-moddalar; 2002 y., 1-son, 20-modda, 9-son, 165-modda; 2003 y., 1-son, 8-modda, 5-son, 67-modda, 9-10-son, 149-modda; 2004 y., 1-2-son, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 25-son, 287-modda, 37-son, 408-modda, 51-son, 514-modda; 2005 y., 37-38-son, 280-modda, 51-son, 374-modda, 52-son, 384, 385-moddalar; 2006 y., 25-26-son, 226-modda, 39-son, 385-modda, 41-son, 405-modda, 51-52-son, 498, 501-moddalar; 2007 y., 14-son, 134, 134-moddalar, 15-son, 154-modda, 17-18-son, 170-modda, 37-38-son, 377-modda, 39-son, 400-modda, 50-51-son, 504, 512-moddalar, 52-son, 532-modda; 2008 y., 14-15-son, 88-modda, 16-son, 117-modda, 17-son, 129-modda, 37-38-son, 367-modda, 39-son, 391-modda, 52-son, 513, 514-moddalar; 2009 y., 3-son, 9-modda, 38-son, 414, 415-moddalar, 39-son, 423-modda, 41-son, 439-modda, 50-51-son, 529-modda, 52-son, 551, 553, 555, 557-moddalar; 2010 y., 20-son, 146-modda, 21-son, 161-modda, 22-son, 174-modda, 37-son, 313, 317-moddalar, 38-son, 329-modda, 40-41-son, 343-modda, 51-son, 479, 484, 485-moddalar; 2011 y., 1-2-son, 1-modda, 16-son, 162-modda, 17-son, 168-modda, 36-son, 365-modda, 40-son, 410-modda, 52-son, 556-modda; 2012 y., 15-son, 166-modda, 37-son, 423-modda; 2013 y., 1-son, 1-modda, 18-son, 233-modda, 41-son, 543-modda; 2014 y., 4-son, 45-modda, 20-son, 222-modda, 36-son, 452-modda, 49-son, 579-modda, 50-son, 588-modda; 2015 y., 23-son, 301-modda, 32-son, 425-modda, 33-son, 439-modda, 52-son, 645-modda; 2016 y., 3(I)-son, 32-modda, 17-son, 173-modda, 39-son, 457-modda, 52-son, 597-modda; 2017 y., 1-son, 1-modda, 16-son, 265-modda, 24-son, 487-modda, 37-son, 978-modda, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018 y., 03/18/456/0512-son; 10.01.2018 y., 03/18/459/0536-son, 30.01.2018 y., 03/18/463/0634, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son, 21.07.2018 y., 03/18/485/1552-son, 24.07.2018 y., 03/18/486/1559-son, 25.07.2018 y., 03/18/487/1569-son, 10.2018 y., 03/18/495/2029-son, 12.10.2018 y., 03/18/497/2044-son, 23.10.2018 y., 03/18/503/2080-son; 09.01.2019 y., 03/19/512/2435-son; 10.01.2019 y., 03/19/514/2450-son; 16.01.2019 y., 03/19/516/2484-son; 05.03.2019 y., 03/19/526/2701-son; 15.03.2019 y., 03/19/530/2769-son, 21.03.2019 y., 03/19/531/2799-son) 215-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldiriladi:
“Davlat organlari mansabdor shaxslarining O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portalida tegishli axborotni e’lon qilish va yangilash tartibini buzishi, noto‘g‘ri davlat statistika hisobotlarini taqdim qilishi, – eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, – eng kam ish haqining o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”.
Amaldagi qonunchilikka binoan, mansabdor shaxslarning davlat statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur bo‘lgan hisobot va boshqa ma’lumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi – eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, – eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Qonun qabul qilingach, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtiradi, davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlaydi.
Shuningdek, ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlaydi.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
LiveBarchasi