“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun qaysi organlarga nisbatan tatbiq etiladi?
Jamiyat
−
07 iyun
7753Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov bugun, 7 iyun kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Prezident tomonidan bir necha kun oldin imzolangan va 6 oydan so‘ng kuchga kiradigan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunning qaysi tashkilot va organlarga nisbatan qo‘llanilishi bilan bog‘liq savolga javob berdi.
“Birinchi navbatda bu davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat muassasalari, davlat unitar korxonalari, davlat maqsadli jamg‘armalari, shuningdek, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan tatbiq etiladi”, deydi Adliya vaziri o‘rinbosari.
Karimovning so‘zlariga ko‘ra, davlat xaridlari sohasida manfaatlar to‘qnashuvi holatlari mavjud va shuning uchun qonunga amal qilishda bitta qoida belgilangan. Ya’ni davlat organlari va yuqorida ta’kidlangan idoralar tomonidan tashkil etilgan tashkilotlarda ham agar uning ulushi 50 foizdan yuqori bo‘ladigan bo‘lsa, bu holatlarda davlat xaridlari qismiga nisbatan ushbu qonun to‘liq amal qiladi.
“Raqamlarni keltiradigan bo‘lsam, uning ta’sir doirasi qanchalik kengligini shu raqamlarda ham ko‘rish mumkin. Qonun 69 ta davlat organlariga, 220 ta mahalliy davlat hokimiyat organlariga, 26 400 ta davlat muassasalariga, 503 ta davlat unitar korxonalariga, 23 ta davlat maqsadli jamg‘armalariga, 153 ta davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlarga nisbatan tatbiq etiladi. Yuqorida aytilgan davlat xaridlariga nisbatan tatbiq etiladigan qismi esa qariyb 2 mingdan ortiq bo‘lgan korporativ buyurtmachilarga davlat xaridlari sohasida tatbiq etiladi”, deydi Alisher Karimov.
LiveBarchasi