Mane o‘zidan 13 yosh kichik qizga uylandi

Sport

image

Joriy yilning 7 yanvar kunida Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubining senegallik hujumchisi Sadio Mane 18 yoshli Oysha Tambaga uylandi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Oysha 31 yoshli futbolchining o‘smirlik yillaridagi sevgilisi bo‘lgan. U rafiqasi bilan Senegalda 16 yoshida uchrashgan.

Qizig‘i shundaki, “Al-Nasr” yulduzi maktabda o‘qib yurgan paytlarida Oysha Tambaning barcha to‘lovlarini to‘lagan.

Ma’lumot uchun, Sadio Mane joriy mavsum “Al-Nasr” safida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt”ga ko‘ra, futbolchining qiymati 20 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Sadio Mane Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing