Manchesterning qizil tomoni Xeylund bilan kuchaytirilishi mumkin

Sport

image

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi “Atalanta” a’zosi Rasmus Xeylundni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda futbol jurnalisti Alfredo Pedulla o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi.

“Mankunianliklar” daniyalik futbolchi uchun “Atalanta”ga 60 million yevro to‘lashga tayyor. A Seriya klubi esa qo‘shimcha to‘lovlarsiz kamida 70 million yevro ishlab olmoqchi.

Hozircha “Manchester Yunayted” bergamoliklarga futbolchi bo‘yicha taklif bilan chiqmadi, biroq agentlar allaqachon mazkur kelishuv ustida ish olib bormoqda.

Ta’kidlash joiz, Manchester shahrining yana bir jamoasi “Man Siti” safida daniyalik yana bir hujumchi Erling Xoland to‘p tepadi. U ortda qolgan mavsumda klubi bilan treblga erishdi.

Xeylund o‘tgan mavsum A Seriyada 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali futbolchi qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Atalanta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing