“Manchester Yunayted” uzoq kutilgan transferni e’lon qildi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi “Chelsi” futbolchisi Meyson Mauntni rasman o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda jamoa Matbuot xizmati xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, “qizil iblislar” yarim himoyachi uchun 5 million bonusni qo‘shib hisoblaganda umumiy 60 million funt to‘lab beradi. Shartnoma 2028 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Shuningdek, tomonlar kelishuvni yana bir yilga uzaytirish huquqiga ham ega hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Maunt Angliya Premer-ligasining 2022/2023 yilgi mavsumida “Chelsi” safida 24 o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urgan.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Manchester Yunayted Meyson Maunt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing