“Manchester Siti” yuzdan ortiq moliyaviy qoidabuzarlikda ayblanmoqda

Sport

image

“Manchester Siti” moliyaviy qoidalarni buzgani uchun mumkin bo‘lgan sanksiyalarga e’tiroz bildira olmaydi. Bu haqda jurnalist Martin Zigler o‘z sahifasida xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, APL 2009/10 yilgi mavsumdan buyon “Manchester Siti”ni yuzdan ortiq moliyaviy qoidabuzarlikda ayblamoqda. Agar qoidabuzarliklar isbotlansa, klub ochkolaridan mahrum etilishi yoki ligadan chetlatilishi mumkin.

Sport arbitraj sudi (CAS) shunga o‘xshash ish bo‘yicha oldin “Man Siti”ni oqlagandi – 2020 yilda UEFA klubni yevrokuboklarda ishtirok etishdan ikki yilga chetlashtirgan, biroq CAS qarorni bekor qilgan.

“Manchester Siti” 45 ochko bilan APL turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Klub peshqadam Londonning “Arsenal” jamoasidan 5 ochko ortda qolyapti.


Maqola muallifi

Teglar

APL “Manchester Siti”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing