“Manchester Siti” o‘z tarixidagi 33-sovrinni qo‘lga kiritdi
Sport
−
17 avgust 2023
2547Ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiola murabbiyligidagi Angliyaning “Manchester Siti” klubi Yevropa Superkubogi finalida Ispaniyaning “Sevilya” klubini (1:1, 5:4) mag‘lub etib, Yevropa Superkubogiga ega chiqdi.
Uchrashuvning 25-daqiqasida “Sevilya” hujumchisi Yussef En-Nesiri Markos Akunyaning uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi va nominal mehmonlarni oldinga olib chiqdi. 63-daqiqada “Manchester Siti” yarim himoyachisi Koul Palmer Rodrining uzatmasidan keyin hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvning qolgan qismida jamoalarning har birida gol urish va hisobda oldinga chiqish uchun imkoniyatlar bo‘ldi, ammo ikkala tomon ham buni uddalay olmadi. Uchrashuv penaltilar seriyasiga o‘tdi. Seriyada esa Angliya klubiga omad kulib boqdi.
Shunday qilib “Manchester Siti”ning sovrin jamg‘armasidagi kuboklari soni 33 taga yetdi. Klub 9 marta Angliya chempionati, 7 marta Angliya kubogi, 8 marta Liga kubogi, 6 marta Angliya Superkubogi, 1 marta Yevropa kubok egalari kubogi va 1 marta Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.
LiveBarchasi