“Manchester Siti” futbolchisini mast holda uyiga olib borib qo‘yishdi (foto)

Sport

image

Yevropa chempionlar ligasida g‘olib bo‘lgan “Manchester Siti” klubi futbolchisi Jek Grilishni kecha, 12 iyun kuni mast holatda uyiga olib borib qo‘yishdi.  

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Jek Grilish 10 iyun kuni “Inter” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng ko‘p miqdorda shampan vinosi va pivo ichgan. Hatto Angliyaga qaytish vaqtida Grilish samoliyotga nogironlar aravachasida olib chiqilgan.

“Men ularni ko‘rgan vaqtim Jekning ahvoli unchalik yaxshi emas edi. Uni jamoadoshlari qo‘ltiqlab avtobusga olib chiqishdi, so‘ngra samolyotga chiqarish uchun nogironlar aravachasidan foydalanishdi”, deydi holatga guvoh bo‘lgan muxlislardan biri. 

Yevropa chempionlar ligasi g‘oliblari Manchesterga qaytganidan keyin ham xursandchilik qilishda davom etgan. G‘alabadan keyingi kun va indiniga ham Grilishni mast holatda ko‘rishgan.

Shuningdek, uch kun tinimsiz spirtli ichimlik iste’mol qilish ortidan futbolchining sog‘ligida muammolar yuzaga kelgani aytilmoqda. Kecha, 12 iyun kuni “Manchester Siti” futbolchisi Kayl Uoker do‘sti va jamoadoshi Jek Grilishni uyiga yetaklab olib borib qo‘ygan.

Ma’lumot uchun, Grilish 2022/2023 yilgi mavsumda trebl qayd etgan “Manchester Siti” tarkibida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Manchester Siti futbol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made