“Manchester Siti” futbolchisi o‘g‘rilik qilgani uchun hibsga olindi
Sport
−
02 Oktabr
5768Angliyaning “Manchester Siti” klubi yarim himoyachisi Mateus Nunes sentyabr oyida mobil telefon o‘g‘irlagani uchun Madridda qo‘lga olindi. Bu haqda “El Mundo” xabar berdi.
26 yoshli portugaliyalik futbolchi bilan bog‘liq voqea 8 sentyabr kuni Ispaniya poytaxtidagi “La Riviera” tungi klubida sodir bo‘lgan. Nunes uni hojatxonada suratga olgan erkakdan uyali telefonni tortib oldi.
Hibsga olingandan so‘ng Nunes politsiya bo‘limiga olib ketilgan va u yerda o‘g‘rilik sodir etganlikda gumon qilinib, undan ko‘rsatma olingan. Futbolchiga nisbatan ayblov e’lon qilindi va bir necha soatdan so‘ng sud jarayonigacha qo‘yib yuborildi.
Ma’lumot uchun, Nunes 2023 yilda 62 million yevro evaziga “Vulverxempton”dan “Manchester Siti”ga o‘tgan edi. Bir kun avval yarim himoyachi Yevropa Chempionlar ligasi doirasidagi “Slovan” bilan o‘yinda (4:0) to‘liq 90 daqiqa maydonda bo‘ldi. Umumiy hisobda u “shaharliklar” safida 35 ta o‘yin o‘tkazgan.
LiveBarchasi