“Manchester Siti” futbolchisi “Bavariya”ga o‘tadi
Sport
−
15 may 2019
4481Germaniya terma jamoasi va “Manchester Siti” futbolchisi Leroy Sane Myunhenning “Bavariya” klubi safiga borib qo‘shilishi mumkin.
Chap qanot yarim himoyachisi joriy mavsumda manchesterliklar zahira futbolchisiga aylanib qolgan edi. Bunga sabab sifatida bosh murabbiy Pep Gvardiola bilan kelisha olmayotgani aytilmoqda.
Malum bo‘lishicha, shayxlar futbolchiga yangi shartnoma taklif qilgan. Ammo, Leroy “Siti” bilan shartnomasini uzaytirishni xohlamayapti.
Eslatib o‘tamiz, Sane Angliya klubi safiga Germaniyaning “Shalke-04” jamoasidan taklif etilgan edi.
LiveBarchasi