“Manchester Siti” chempionlikka, “Fulxem” Chempionshipga qarab ketmoqda

Sport

−

image

Londonning “Fulxem” klubi o‘z maydonida “Manchester Siti”ga imkoniyatni boy berdi. Birinchi taymda Bernardu Silva va Aguerolar tomonidan kiritilgan gollar Gvardiola shogirdlariga muhim 3 ochkoni taqdim etdi.

Joriy mavsum chempionlik uchun eng asosiy nomzodlardan biri bo‘lib turgan “shaharliklar” 31ta o‘yin o‘tkazib, 77 ochko to‘plagan holda peshqadam bo‘lib turibdi.

“Fulxem” – “Manchester Siti” 0:2
“Kreyven Kottedj” stadioni

Gollar: 0:1 – 5 Bernardu Silva, 0:2 – 27 Aguero.

“Fulxem”: Riko, Fosu-Mensa, Kristi, Chembers, Le Marshan, Sessenon, Zambo-Angissa, Babel (Makdonald, 88), Kerni (Shyurrle, 70), Ayite (Kebano, 64), Brayen.

“Manchester Siti”: Ederson, Uoker, Otamendi, Laport, Zinchenko, de Bryuyne (Fernandino, 75), Gyundogan, Bernardu Silva, Silva, Sterling (Marez, 88), Aguero (Gabriel Jezus, 57).

Ogohlantirishlar: Kristi (67), Le Marshan (80).


Maqola muallifi

Baholaganlar

13

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing