“Manchester Siti” 18 yoshli hujumchini tekinga qo‘lga kiritdi
Sport
−
01 may
6402“Manchester Siti” transfer huquqi PSJga tegishli bo‘lgan 18 yoshli hujumchi Mahammadu Sangareni tekinga o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning iyunida yakuniga yetadigan futbolchi yozda “shaharliklar” safiga ko‘chib o‘tadi.
Ma’lumot o‘rnida, Sangare PSJning U-23 jamoasi safida joriy mavsum barcha musobaqalarda 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 2 ta assist amalga oshirdi.
LiveBarchasi