Kurs UZS

USD

12 970.19

-11.06

EUR

13 572.01

-25.85

RUB

142.20

0.03

“Manchester Siti” Husanovni YeCHLda o‘ynashini ta’minladi

Sport

image

30 yanvarga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar ligasining guruh bosqichi so‘nggi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi va yakunda keyingi bosqichga yo‘l olgan 24 jamoa nomi aniq bo‘ldi.

“Manchester Siti” nimchorak final yo‘llanmasini o‘z uyida hal qildi

“Etihad”da bo‘lib o‘tgan o‘yinda Gvardiola shogirdlari 3:1 hisobida g‘alaba qozondi va yakuniy jadvalda 22-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Raqib “Bryugge” esa mag‘lub bo‘lganiga qaramay, nimchorak final yo‘llanmasini taqdim etuvchi so‘nggi 24-o‘rinda qoldi va keyingi bosqichga yo‘l oldi. Endi asosiy mavzuga o‘tadigan bo‘lsak, UEFA qonun-qoidalariga ko‘ra, “Manchester Siti” agar nimchorak finalga o‘tadigan bo‘lsagina yangi kelgan futbolchilarni qaydnomadan o‘tkaza olardi va bu ish amalga oshdi. YeCHL 1/16 bosqichida klubning yangi kelgan futbolchilari Abduqodir Husanov, Vitor Reys va Omar Marmush qaydnomadan o‘tkaziladi va maydonga tushishi mumkin. Yakuniy jadval natijalariga ko‘ra, “Manchester Siti”ning navbatdagi raqibi qur’a natijasiga ko‘ra aniqlanadi. Klubning keyingi raqibi “Real Madrid” yoki “Bavariya” bo‘ladi.

PSJ ham vazifani a’lo darajada uddaladi

Parijliklar so‘nggi tur oldidan jadvalning 22-o‘rnida kelayotgandi. Jamoa so‘nggi turda mehmonda “Shtuttgart”ni 4:1 hisobida mag‘lub etib, yakuniy jadvalda 15-o‘rinni qayd etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Klubning keyingi bosqichdagi raqibi qur’a orqali aniqlanadi. Hozircha, “Benfika” va “Monako” ehtimoliy raqiblar orasida bor.

Turnirni tark etganlar

Yakuniy jadvalda 24-o‘rindan pastdagi jamoalar avtomatik ravishda turnirni tark etadi. “Dinamo Zagreb” o‘z uyida “Milan”ni mag‘lub etganiga qaramay keyingi bosqichiga chiqa olmadi. “Shtuttgart” ta’kidlanganidek, o‘z maydonida PSJga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi va nimchorak final uchun imkoniyatlaridan mahrum bo‘ldi. Ukrainaning “Shaxtiyor” jamoasi ham yakuniy jadvalga ko‘ra, turnirdagi yurishini guruhda yakunladi. “Bolonya”, “Srvena Zvezda”, “Shturm”, “Sparta”, “Leypsig”, “Jirona”, “Zalsburg”, “Slovan” va “Yang Boys” jamoalari Chempionlar ligasidagi o‘z ishtirokini shu yo‘sinda tugatdi.

To‘g‘ridan to‘g‘ri chorak finalga yo‘l olganlar

“Liverpul” so‘nggi turda mehmonda PSVga mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa-da, peshqadamlikni o‘zida saqlab qoldi. “Barselona” oxirgi o‘yinda “Atalanta” bilan durang o‘ynadi va 2-o‘rinni qayd etdi. “Arsenal” so‘nggi turda “Jirona”ni mag‘lub etib, 3-o‘ringa joylashdi. “Inter”, “Atletiko”, “Bayer”, “Lill” va “Aston Villa” mos ravishda 3,4,5,6,7 va 8-o‘rinlarni qayd etdi, chorak finalga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l oldi.

31 yanvar kuni yakuniy jadvalda 8-o‘rindan pastdagilar o‘rtasida qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi va kim kim bilan to‘qnash kelishi ma’lum bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti PSJ Evropa Chempionlar ligasi Abduqodir Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing