“Mana senga olam-olam pul”. “Buxoro neft bazasi”da qancha pul yeb yuborilgani ochiqlandi

3-sahifa

image

“Buxoro neft bazasi” MCHJda mahsulotlarni noqonuniy yetkazib berish va talon-taroj qilish holatlari aniqlandi. Qayd etilishicha, MCHJ tomonidan qurilish korxonalariga asossiz ravishda 298,1 mln so‘m miqdorida, xodimlarga 31,6 mln so‘m miqdorida ortiqcha ish haqi va mukofot pullari to‘lab berilgan. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, neft mahsulotlari to‘lov oldindan 100 foiz o‘tkazilgandan so‘ng yetkazib berilishi belgilangan bo‘lsa-da, amalda belgilangan me’yoriy hujjatlarga muntazam amal qilmaslik oqibatida “Buxoro neft bazasi” MCHJda 50,5 mlrd so‘m debitor qarzdorlik yuzaga kelgan. O‘z vaqtida undiruv choralari ko‘rilmagani natijasida, neft bazasi bo‘yicha 984,7 mln so‘m mablag‘ “umidsiz” qarzga aylanib ulgurgan.

Shuningdek, “Buxoro neft bazasi” MCHJning 10 ta fermerga yoqilg‘i tarqatish shaxobchalari (FYOTSH) tomonidan jami 1,8 mlrd so‘mlik 261,7 ming litr yonilg‘i mahsulotlari faoliyati tugatilib bo‘lgan fermer xo‘jaliklariga rasmiylashtirilgan. 

Jamiyatning sobiq rahbariyati va muttasaddi xodimlari tomonidan 3 mlrd so‘mlik 1 595,3 ming litr neft mahsulotlari fermer xo‘jaliklariga arzon narxlarda rasmiylashtirib, jamiyatga zarar keltirgan. Mutasaddi xodimlar tomonidan esa xususiy AYOQSHlarga jami 2,6 mlrd so‘mlik neft mahsulotlari to‘lovsiz yetkazib berilib, debitor qarzdorligi yashirib kelingan.  

Xabarga ko‘ra, “Buxoro neft bazasi” MCHJga qarashli 20 ta FYOTSHlarda 2,1 mlrd so‘mlik 206,7 ming litr mahsulot kamomadi aniqlanib, 921,1 mln so‘mi o‘rganish jarayonida qoplanishi ta’minlangan. Ushbu neft bazada mablag‘ iqtisodi, xarajatlar rejasiga amal qilish borasidagi vaziyat ham achinarli holatda ekani aytilmoqda. Masalan, “Buxoro neft bazasi” MCHJ tomonidan qurilish korxonalariga asossiz ravishda 298,1 mln so‘m miqdorida, xodimlarga 31,6 mln so‘m miqdorida ortiqcha ish xaqi va mukofot pullari to‘lab berilgan.

“Neft baza mas’ul va rahbar xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonunbuzulish holatlari bo‘yicha huquqiy baho berish uchun o‘rganish hujjatlari tegishli tartibda huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga taqdim etildi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, 2021 yil boshida “Buxoro neft bazasi” MCHJda jami 33 896,8 mln so‘mlik qonunbuzulish aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

pul “Buxoro neft' bazasi” MChJ

Baholaganlar

600

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing