Mana nega gaz yo‘q? Bir oy ichida 9 million metr kub tabiiy gaz o‘g‘irlandi

Jamiyat

image

2020 yil yanvar oyidan 4 fevralga qadar Respublika hududlari bo‘yicha  tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish bo‘yicha 900 ga yaqin qoidabuzarlik aniqlandi. Bu haqda “O‘zneftgazinspeksiya”ning Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, umumiy foydalanilgan noqonuniy gaz hajmi miqdori 9 mln. 200 ming metr kubni tashkil etmoqda.   

Bo‘lib o‘tgan tadbirlar davomida eng jiddiy huquqbuzarlik Qoraqalpog‘iston Respublikasida kuzatilgan. “RUAD” MCHJ ga qarashli asfalt zavodida jami 67 ming metr kub hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish holati aniqlandi.

“Bundan tashqari, Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida joylashgan keramik buyumlari ishlab chiqaruvchi “Xodjimamatov” korxonasi, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 48 ming metr kub hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalangan”, deyiladi xabarda.

Toshket viloyatining Qibray tumanida joylashgan  U.Shaddulayevga tegishli issiqxona xo‘jaligi tomonidan jami 123 ming metr kub hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanilgan.

Toshkent tumanida yashovchi A.Vohidovga tegishli issiqxona xo‘jaligi tomonidan jami 60 ming metr kub hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish holati aniqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

tabiiy gaz

Baholaganlar

180

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing