“Man Siti” yetakchisi jarohat olib, 6 oyga safdan chiqdi
Sport
−
23 sentabr 2024 3465 1 daqiqa
Angliya chempionati 5-turining markaziy uchrashuvida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Arsenal”ni qabul qildi. 21-daqiqada “shaharliklar” a’zosi Rodri jarohati tufayli maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. U maydondagi o‘rnini Matteo Kovachichga bo‘shatib berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlardan biri hisoblangan Rodri 6 oyga safdan chiqqan. David Rayya darvozasi tomon burchak to‘pi amalga oshirilayotgan vaqtda ispaniyalik futbolchi tizzasidan jarohat oldi.
Tekshiruvlarga ko‘ra, Rodrining o‘ng tizzasidagi jarohat jiddiy bo‘lib chiqdi. Bungacha 28 yoshli Rodri bir necha bor o‘yinlar taqvimining zichligi oqibatida futbolchilar jarohat olayotganini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Man Siti” hujumchisi Erling Xoland Krishtianu Ronalduning rekordini yangilagani xabar qilingandi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28