“Man Siti” o‘zbek rassomining mehnatini e’tiborsiz qoldirmadi (video)

Sport

image

Angliyaning “Manchester Siti” klubi o‘zbek rassomi Shohruh Suyunovning jamoa futbolchilari rasmini bir vaqtning o‘zida ikki qo‘li va ikki oyog‘ida chizgani aks etgan  videosini o‘z Instagram sahifasiga joyladi.

Videodan ko‘rinadiki, o‘zbek rassomi “Manchester Siti” futbolchilari De Bryuyne, Xoland, Marmush, Grilish, Doku, Diash, Abduqodir Husanov va murabbiy Pep Gvardiolaning rasmini chizgan.

“Shaharliklar” Instagram sahifasi ham bu mehnatni e’tiborsiz qoldirmadi va ijtimoiy tarmoqda rassom bilan kollaboratsiya qildi.

Eslatib o‘tamiz, 15 fevral kuni “Manchester Siti” APL 25-turi doirasida, o‘z uyida “Nyukasl”ni qabul qilgan va yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozongandi. Ushbu bahsda o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushdi va to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Angliya Abduqodir Husanov Shohruh Suyunov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing