MYU Kerrikni iste’foga çiqarişni körib çiqmoqda – OAV

Sport

−

image

Angliyaning “Mançester Yunayted” klubi rahbariyati boş murabbiy Maykl Kerrikni iste’foga çiqarişni körib çiqmoqda. Bu haqda “The Guardian” naşri xabar berdi.

Ta’kidlanişiça, hozirça yakuniy qaror qabul qilinmagan. Naşr ma’lumotiga köra, Kerrik jamoani tark etgan taqdirda, uning örnini egallaş uçun asosiy nomzod “Nyukasl Yunayted”ning sobiq boş murabbiyi Eddi Xau hisoblanadi. AQŞ terma jamoasining amaldagi boş murabbiyi Maurisio Poçettino ham nomzodlar qatorida körib çiqilmoqda.

“Mançester Yunayted” 10 ta uçraşuvdan söng 8 oçko jamğargan holda turnir jadvalida 18-örinda bormoqda. Jamoa keyingi turda joriy yilning 22 noyabr kuni safarda “Liverpul”ga qarşi maydonga tuşadi.

Ayni damda “Mançester Yunayted” 40 yillik eng yomon natijasini takrorlab, turnir jadvalining quyi qismida, Çempionşipga tuşib ketadigan zonada bormoqda. 

Ma’lumot uçun, 45 yoşli Kerrik joriy yilning yanvar oyida “Mançester Yunayted” boş murabbiyi etib tayinlangan. Unga qadar ikki marta jamoada vaqtinçalik boş murabbiy vazifasini bajargan: 2018 yilda Joze Mourino ketganidan keyin va 2021 yilda murabbiylar ştabida faoliyat yuritgan Ole-Gunnar Sulşer iste’foga çiqarilganidan söng.

2022 yildan 2025 yilgaça Kerrik “Midlsbro” boş murabbiyi bölib işlagan. U futbolçilik faoliyati davomida “Mançester Yunayted” bilan beş marta Angliya çempionligini, Çempionlar ligasi, Yevropa ligasi va klublar örtasidagi Jahon çempionatini qölga kiritgan.

Joriy yilning may oyida “Mançester Yunayted” Kerrik bilan şartnomani 2028 yilgaça uzaytirgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing