“Man Siti” “Real” hujumchisiga ko‘z tikmoqda 

Sport

image

Madridning “Real” klubi hujumchisi Rodrigoga “Manchester Siti” qiziqmoqda. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Kilian Mbappening yaqinlashib kelayotgan transferi munosabati bilan ba’zi klublar “Real” futbolchilari bilan bog‘liq vaziyatni kuzatishni boshlagan. Yevropa klublari Mbappe “Real”ga o‘tsa, “qirollik klubi”ning ayrim futbolchilari  kamroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishiga ishonmoqda.

“Manchester Siti” skautlari “Real” Dortmundning “Borussiya”si bilan o‘ynaydigan Yevropa Chempionlar ligasi final uchrashuviga yo‘l oldi.

Joriy mavsumda Rodrigo “Real” safida barcha turnirlarda 50 ta o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol urdi va 9 ta golga assistentlik qildi. Transfer narxi 100 million yevroni tashkil etuvchi futbolchining "qaymoqranglilar" bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.


Maqola muallifi

Teglar

Real Manchester Siti Rodrigo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made