“Man Siti” Madridda “Real”ni mag‘lub etdi
Sport
−
11 dekabr 1985 1 daqiqa
Kecha, 10 dekabr kuni UEFA Chempionlar Ligasi 6-tur doirasida Madridda markaziy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda mezbon “Real Madrid” o‘z maydonida “Manchester Siti”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan madridliklar tashabbusni qo‘lga olib, ketma-ket hujumlar uyushtirdi. 28-daqiqada “Real Madrid”ning braziliyalik hujumchisi Rodrigo hisobni ochdi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay, 35-daqiqada Niko O’Rayli javob golini urib, muvozanatni tikladi. Shundan so‘ng, 42-daqiqada Antonio Ryudigerning jarima maydonchasidagi qo‘polligi uchun bosh hakam Kleman Tyurpen “Real” darvozasi tomon penalti belgiladi. Erling Xoland bu penaltini aniq amalga oshirib, “shaharliklar”ni hisobda oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo‘limda “Real” hisobni tenglashtirish uchun bir nechta xavfli hujumlar uyushtirdi, biroq gol kiritishga muvaffaq bo‘lmadi. O‘yin 2:1 hisobida “Manchester Siti” foydasiga hal bo‘ldi.
Shu tariqa, “Manchester Siti” Chempionlar Ligasi 6-turidan so‘ng ochkolarini 13 taga yetkazib, jadvalda 4-o‘ringa ko‘tarildi. “Real Madrid” esa 12 ochko bilan 7-pog‘onani egallab turibdi.
Navbatdagi turda Pep Gvardiola shogirdlari “Budyo-Glimt”ga qarshi maydonga tushadi, madridliklar esa “Monako” bilan bahs olib boradi.
Live
Barchasi