“Man Siti” 7 yillik antirekordini takrorladi
Sport
−
06 noyabr
1637“Sporting” va “Manchester Siti” jamoalari to‘qnash kelgan Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 4-tur uchrashuvi yakunlandi. O‘yin Lissabondagi “Joze Alvalade” stadionida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv “Manchester Siti”ning 1:4 hisobidagi yirik mag‘lubiyati bilan yakunlandi.
Angliya klubi qatorasiga uchinchi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Bungacha “shaharliklar” “Tottenxem” va “Bornmut” bilan omadsiz o‘yin o‘tkazgandi. Shu tariqa, “Manchester Siti” 2018 yilning aprel oyidan beri birinchi marta ketma-ket uchta o‘yinda mag‘lub bo‘ldi. O‘shanda Pep Gvardiola shogirdlari ikki marta “Liverpul”ga, bir marta “Manchester Yunayted”ga yutqazgan.
Ma’lumot uchun, “Sporting” bilan o‘yinning 4-daqiqasida “Manchester Siti” vingeri Filip Foden uchrashuvda hisobni ochgan edi. Birinchi bo‘lim oxirida “Sporting” hujumchisi Viktor Dyokeresh muvozanatni tikladi. 46-daqiqada Maksimiliano Vilches mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Shundan so‘ng Dyokeresh inglizlar darvozasiga yana ikkita gol urdi. YeCHL umumiy guruh bosqichining 4 ta turidan keyin “Man Siti” 7 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. Bugun, 6 noyabr kuni 4-tur o‘yinlari davom ettiriladi va “Siti”ning o‘rni hozirgidan ham yomonlashadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Madridning “Real” klubi 15 yillik antirekordini takrorlagani xabar qilingandi.
“Qirollik klubi” YeCHL 4-turida o‘z uyida Italiyaning “Milan” klubiga imkoniyatni boy berdi.
LiveBarchasi