MAN AUTO UZBEKISTAN Afg‘onistonga texnika eksport qildi

Jamiyat

image

“JV MAN Auto-Uzbekistan” kompaniyasi Afg‘onistonga birinchi eksportni amalga oshirdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” ma’lum qildi.

Xaridlar bo‘yicha milliy idora Qobul hokimligiga MAN CLA avtosamosvali va MAN CLA suv tashuvchi avtotsisternalarni topshirdi va texnikalar allaqachon to‘liq quvvat bilan muvaffaqiyatli ishlatilmoqda.

Qayd etish joizki, bugungi kunda “JV MAN Auto-Uzbekistan” MCHJ QK Qozog‘iston, Tojikiston, Gruziya, Ozarboyjon, Ukrainaga texnika eksport qilmoqda.

“JV MAN Auto-Uzbekistan” MCHJ QK hozirda O‘zbekiston avtomobil tarmog‘ining eng ustuvor loyihalaridan biri sanaladi. Kompaniyaning asosiy yo‘nalishi O‘zbekiston va qo‘shni Markaziy Osiyo mamlakatlari bozorlari uchun MAN tijoriy yuk mashinalarini ishlab chiqarish va sotishdan iborat.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Afg'oniston

Baholaganlar

36

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing