“Malika”da 23 yoshli yigit sotuvchilarni qariyb 6 mlrd so‘mga “uxlatdi”
3-sahifa
−
07 mart
28390Toshkent shahrida 2002 yilda tug‘ilgan yigit “Malika” savdo majmuasidagi telefon do‘konlarining 11 nafar sotuvchisini 5 milliard 800 mln so‘mga chuv tushirdi. QALAMPIR.UZ sud hukmi bilan tanishdi.
Hukmga ko‘ra, 2002 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan S.U. 2024 yilning iyul-avgust oylarida 11 nafar sotuvchidan qiymati 5 milliard 800 million so‘mdan ortiq bo‘lgan 300 dan ortiq iPhone va Samsung telefonlarini muddatli to‘lov asosida bo‘lib to‘lash sharti bilan olgan va mazkur telefonlarni o‘zi topgan mijozlarga sotib yuborgan. Pullarni esa o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Joriy yilning 30 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Shayxontohur tuman sudida ayblanuvchiga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. Sudda S.U. aybiga to‘liq iqror bo‘lib, yetkazilgan moddiy zararlarni qoplash uchun imkoniyati yo‘qligi uchun yengillik so‘ragan. Sud uni Jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan aybli deb topgan va unga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagan. Shuningdek, S.U. dan 5 milliard 800 milliondan so‘mdan ortiq miqdordagi yetkazilgan zarar undirilishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida yirik miqdordagi firibgarlik, o‘g‘rilik, yolg‘on guvohlik berish, porada vositachilik, tuhmat va boshqa 10 dan ortiq jinoyatlarni sodir qilgan shaxs 8 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilingan edi. Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergov va sud hujjatlariga ko‘ra, sudlanuvchi 2021-2024 yillar oralig‘ida 13 ta holatda fuqarolarning ishonchiga kirib, ularga turli va’dalar berib, yirik miqdorda moliyaviy mablag‘larni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Xususan, u avtotransport vositalarini arzon narxda olib berish, yer maydonlari va ko‘chmas mulklarni sotib olish, yuqori daromadli ishga joylashtirish kabi bahonalar bilan bir necha fuqarolarning pullarini o‘zlashtirgan. Firibgarlik yo‘lida esa eng yaqin tanishlarini ham ayamagan.
LiveBarchasi
Trenddagilar


