“Malika” bozorida erkakni pichoqlab o‘ldirgan shaxs 10 yilga qamaldi
3-sahifa
−
11 mart 2022
10734Toshkentdagi “Malika” savdo majmuasi oldida 44 yoshli erkakni pichoqlab, o‘ldirgan fuqaroga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Aybdor 10 yilga qamaldi.
Voqea o‘tgan yili 12 sentyabr kuni yuz bergan. Majmuada telefon savdosi bilan shug‘ullanuvchi bir nechta fuqaro o‘rtasida janjal yuzaga kelgan. Janjal natijasida 1977 yilda tug‘ilgan T.B. ko‘krak qafasi sohasida sanchilib kesilgan jarohatlari bilan vafot etgan. Shuningdek, 1988 yilda tug‘ilgan M.A. bir necha joyidan sanchilib kesilgan jarohatlari bilan tibbiyot muassasasiga olib borilgan.
Mazkur qotillik yuzasidan ochilgan ish Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida ko‘rib chiqilib, sud hukmi e’lon qilindi.
Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatda aybli deb topilgan. U tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 10 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.
Ta’kidlanishicha, ayblanuvchi bundan oldin ham bir necha marta sudlangan. So‘nggi bor 2019 yilda Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 3 yil muddatga qamalgan. Keyinroq shartli ravishda muddatidan avval ozod qilingan.
LiveBarchasi