Malida jangarilar tomonidan uyushtirilgan hujumda 60 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
Olam
−
08 Sentabr 2023
2699Malining shimoli-sharqida jangarilar tomonidan uyushtirilgan ikki hujumda 49 nafar tinch aholi va 15 askar halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat muvaqqat hukumati bayonotiga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
Rasmiylarga ko‘ra, jangarilar Burem tumanidagi harbiy lagerga hujum qilgan. Gao va Mopti shaharlarini ajratib turuvchi suv bosgan tekislik bo‘ylab tinch aholini olib o‘tayotgan kema ham hujumga uchragan. Yana bir necha kishi jarohat olgan, ularning soni aytilmagan.
Bunga javoban 50 ga yaqin hujumchi o‘ldirilgani aniqlangan. Ular qaysi guruhga mansubligi noma’lum.
Ma’lum qilinishicha, mamlakatda uch kunlik milliy motam e’lon qilingan.
Iyun oyida Malida yangi konstitutsiya loyihasi bo‘yicha referendum o‘tkazildi. Uni saylovchilarning 96,91 foizi qo‘llab-quvvatladi, Konstitutsiyaviy sud iyul oyida o‘tkazilgan referendum natijalarini tasdiqladi.
Yangi konstitutsiya, xususan, prezidentning vakolatlarini kengaytirdi, mamlakatda Senat va Hisob palatasi ham tuzildi.
LiveBarchasi