Malida samolyot qulashi oqibatida “Vagner” askarlari halok bo‘ldi

Olam

image

Malida harbiy samolyotning qulashi oqibatida mamlakat askarlari va “Vagner” jangarilari halok bo‘ldi. Bu haqda BMTning Malidagi missiyasi xabar berdi.

Kecha, 23 sentyabr kuni Rossiyada ishlab chiqarilgan Il-76 samolyoti Gao aeroportiga qo‘nayotganda uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketib, halokatga uchragan.

Aeroport vakilining so‘zlariga ko‘ra, samolyot haddan tashqari yuklangan bo‘lgan.

Diplomatik manbalarning bildirishicha, samolyot bortida Mali va “Vagner” askarlari bo‘lgan, qurbonlar soni va moddiy zarar ko‘p.

Gao aeroportidan Mali askarlari va “Vagner” yollanma askarlari, shuningdek, BMTning Malidagi barqarorlashtirish missiyasi harbiy xizmatchilari foydalanadi. Rasmiy manbalarda samolyot halokati haqida ma’lumot yo‘q.

 


Maqola muallifi

Teglar

Mali Vagner

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing