Malibu’ni ishlab chiqarish to‘xtatildimi? “UzAuto Motors” javob berdi

Texnologiya

image

Ijtimoiy tarmoqlarda “UzAuto Motors” tomonidan Malibu avtomobilining ishlab chiqarilishi va avtosalonlarda ushbu avtomobil uchun shartnoma tuzish to‘xtatilgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlarga “UzAuto Motors”ning o‘zi izoh berdi. 

“Bugun internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan Chevrolet Malibu avtomobili uchun kontraktatsiyaning to‘xtatilganligi to‘g‘risidagi xabarlar yuzasidan “UzAuto Motors” AJ kompaniyasi Chevrolet Malibu avtomobili uchun kontraktatsiya o‘zgarmagan holda, o‘sha sizga ma’lum avvalgi narx bilan tuzilishda davom ettirilishini rasman ma’lum qiladi”, deyiladi xabarda.   

Kompaniya OAVdan shubhali manbalarga tayanmaslikni so‘ragan. 

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda “UzAuto Motors” tomonidan Chevrolet Malibu’ning faqat LTZ 2.0l (turbo) modeli ishlab chiqarilayotgan bo‘lib, uning narxi 369 000 000 so‘mni tashkil etadi. 


Maqola muallifi

Teglar

UzAuto Motors

Baholaganlar

794

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing