Mali Prezidenti isyonchilar qo‘lidan ozod qilindi
Olam
−
28 avgust 2020
540118 avgust kuni boshlangan harbiy isyondan keyin qo‘lga olingan va iste’foga majburlangan Mali Prezidenti Ibrohim Babakar Keyta ozod qilindi. Bu haqda uning oilasi OAVga xabar bergan.
Ma’lum qilinishicha, isyonchilar prezidentni kecha, 27 avgust kuni kechqurun mahalliy vaqt bilan soat 03:00 da ozod qilgan. Uni isyonchilar qo‘riqlayotgan Sebenikorodagi qarorgohiga olib borishgan.
Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Keyta Malining poytaxti Bamakodan 15 km uzoqlikda joylashgan Katya kazarmasida saqlangan.
Ibrohim Babakar Keytaning ozod etilishi G‘arbiy Afrika Davlatlari Iqtisodiy Hamjamiyatining (YeCOWAS) birinchi talablaridan biri bo‘lib, tashkilot kuni kecha mintaqaga o‘z delegatsiyasini yuborgan edi.
Eslatib o‘tamiz, isyonchilar Prezidentdan tashqari, uning o‘g‘li va Bosh vazir Bubu Sisseni ham hibsga olgandi. Ularning ahvoli haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.
Malida 2020 yil may oyidan boshlab mamlakat prezidentining iste’fosini talab qilib norozilik namoyishlari davom etmoqda.
LiveBarchasi