Maldiv orollari isroilliklarning mamlakatga kirishini taqiqlayapti
Olam
−
03 iyun
3940Maldiv orollari respublikasi Isroil fuqarolarini mamlakat hududiga kirishini taqiqlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Davlat rahbari Muhammad Muizzouning Vazirlar Mahkamasi tavsiyasiga ko‘ra qabul qilingan bu qarori haqida kecha, 2 iyun kuni Milliy xavfsizlik va texnologiyalar vaziri Ali Ehson matbuot anjumanida ma’lum qildi.
"Ushbu qaror kuchga kirishi uchun qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish talab etiladi", deyiladi Prezident ma’muriyati bayonotida.
Isroil bilan diplomatik aloqalarni davom ettirmayotgan Hind okeanidagi orol davlati G‘azo sektoridagi falastinliklar bilan birdamlik belgisi sifatida shunday qadam tashladi.
Maldiv orollari Prezidenti idorasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, davlat rahbari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish va ishlar agentligi (UNRWA) orqali falastinliklarga yordam berish uchun mablag‘ yig‘ish kampaniyasini boshlashni ham buyurgan. Davlat muhtoj falastinliklarning ehtiyojlarini baholash uchun maxsus vakil tayinlaydi.
LiveBarchasi