Maldini avtohalokatga uchradi
Sport
−
10:18 714 1 daqiqa
“Kalyari” futbolchisi Daniel Maldini Italiya chempionatining “Atalanta”ga qarshi uchrashuvidan so‘ng avtohalokatga uchradi. Bu haqda ANSA xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, voqea Milanda sodir bo‘lgan. Futbolchi yengil jarohatlar olgan. Maldini “Atalanta”ga qarshi 2:1 hisobidagi g‘alabada jamoasiga g‘alaba golini olib kelgan.
Daniel Maldini Jahon chempionati sovrindori, besh karra Chempionlar ligasi g‘olibi va “Milan” bilan yetti karra Italiya chempioni bo‘lgan Paolo Maldinining o‘g‘li hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Daniel Maldini joriy mavsumdan buyon “Kalyari” safida to‘p tepmoqda. U faoliyati davomida “Latsio”, “Atalanta”, “Spetsiya”, “Monsa”, “Empoli” va “Milan” klublarida o‘ynagan. “Milan” bilan 2021-2022 yilgi mavsumda Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan.
Yarim himoyachi Italiya terma jamoasi safida 6 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Live
BarchasiIsroil droni G‘azoda avtomobilga zarba berdi
13 sentabr