Malayziyada ikkita poyezd to‘qnashdi. 200 dan ortiq odam jarohatlandi

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 24 may kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurdagi Petronas egizak minoralariga yaqin yer osti tunnelida ikkita metro poyezdi to‘qnashdi. Natijada  213 kishi jarohatlandi.  

213 yo‘lovchidan 47 nafari jiddiy jarohat olgan. Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 20:45 da Kampung Baru va KLCC stansiyalari orasidagi tunnelda sodir bo‘lgan. 

Poyezdlardan biri yo‘lovchilarni olib ketayotgan, ikkinchisi esa sinovdan o‘tkazilayotgan bo‘lgan. Ular soatiga 40 km tezlikda harakatlangan. 

166 nafar yo‘lovchi yengil jarohat bilan Kuala-Lumpur shifoxonasiga va yaqin atrofdagi bir nechta shifoxonalarga jo‘natilgan. 

Hozirda voqea bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda. Ta’kidlanishicha, Kampung Baru stansiyasidan Gombakka jo‘nab ketayotgan poyezd noto‘g‘ri yo‘lda bo‘lgan bo‘lishi mumkin. 

Malayziya Bosh vaziri Muhiddin Yassin “hodisa sabablarini har tomonlama tekshirishni” talab qilgan. Mamlakat Transport vaziri Vi Ka Sion “bu Malayziyada yengil temir yo‘l tizimining 23 yillik faoliyatidagi eng jiddiy voqea” ekanini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

poezd Malayziya

Baholaganlar

24

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing