Malayziyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga yangi qoida eslatildi

Olam

image

Malayziya hukumati tomonidan koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida 2020 yil 28 aprelgacha o‘rnatilgan karantin davrida mazkur mamlakatga tashrif buyuradigan chet el fuqarolari uchun yangi tartib joriy etildi. Unga ko‘ra, ushbu davlatga kelayotgan barcha chet el fuqarolari o‘z hisoblaridan 150 Malayziya ringgiti (37 AQSH dollar) miqdoridaga kunlik to‘lovni amalga oshirgan holda, 14 kunlik karantinda bo‘lishlari shart etib belgilandi. Bu haqda O‘zbekistonning Kuala-Lumpur shahridagi Elchixonasi xabar bermoqda.

Rejim muddati Malayziya Hukumatining alohida qarori bilan uzaytirilishi ham mumkin.

“Shu bois Malayziya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini ushbu talablarni inobatga olishga va mazkur davlat hokimiyat idoralarining barcha qoidalariga rioya qilishga chaqiradi”, deyiladi Elchixona xabarida.

Malayziyadagi O‘zbekiston fuqarolariga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish uchun Elchixona huzurida Tezkor shtab tashkil etilgan bo‘lib, unga quyidagi raqamlar orqali bog‘lanish mumkin:

Telefon: (+603) 4253 4406
Faks: (+603) 42535406
Mobil: (+6017) 3204414


Maqola muallifi

Teglar

Malayziya

Baholaganlar

76

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing