Malayziyada 40 nafar tibbiyot xodimi to‘liq emlangandan so‘ng koronavirus yuqtirdi 

Olam

image

Malayziyada 40 nafar tibbiyot xodimi koronavirusga qarshi vaksinaning ikkita dozasi bilan emlangandan so‘ng koronavirusga chalindi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining bosh direktori Nur Xisham Abdulla ma’lum qilgan.  

Abdullaning aytishicha, to‘qqizta shifokor ikkinchi dozani olganidan ikki haftadan ko‘proq vaqt o‘tgach, 31 nafari esa ikki haftadan kam vaqt o‘tgach koronavirus yuqtirgan. 

Shuningdek, koronavirusga qarshi preparatning birinchi dozasini olganidan keyin 142 nafar tibbiyot xodimi kasallangan. 

Bosh direktorga ko‘ra, yuqtirganlarning birortasida og‘ir alomatlar qayd etilmagan. 

Malayziyada koronavirusga qarshi emlash uchun Pfizer-BioNTech (AQSH) va Sinovac (Xitoy) vaksinalari qo‘llanilmoqda. Mamlakatga yaqinda AstraZeneca vaksinasi ham yetkaziladi. 

Malayziya Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda jami 370 528 ta COVID-19 kasalligi aniqlangan, 1 365 kishi vafot etgan va 350 500 dan ortiq odam sog‘aygan.


Maqola muallifi

Teglar

Malayziya

Baholaganlar

175

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing